«Byornli» klubi amerikalik investorlar qo'liga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

Angliya premer-ligasida ishtirok etayotgan «Byornli» klubi yangi xo'jayin qo'liga o'tdi.
Klub aktsiyalarining 84 foizini "Velocity Sports Partners" kompaniyasi sotib oldi. Ushbu kompaniya AQShning "ALK Capital" sport investitsiya kompaniyasi bir bo'lagi hisoblanadi.
APL ushbu savdoni ro'yxatdan o'tkazdi. Britaniyalik tadbirkorlar Mayk Garlik va Jon Banaskevich klub safida direktor sifatida qolishadi.
«Byornli» Premer-liga jadvalida 16 ochko bilan 16-pog'onani egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220