Stefano Pioli «Milan»ning rejalari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228
48
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoasining ushbu mavsumdagi maqsadlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinimizni kuchaytirib borishga harakat qilamiz. Birinchi navbatda, albatta, Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak. "Milan" ushbu musobaqada ishtirok etmaganiga ancha yillar bo'lib ketdi. Lekin biz o'yinimiz orqali EChLda qatnashishga haqlimiz.
Rahbariyatning sa'y-harakatlari evaziga ajoyib sharoitlarda ishlayapmiz. Bizda ishtiyoq va jiddiy maqsadlar mavjud.
Yil boshida safimizga Ibrahimovich va Ker kelib qo'shilishdi. Ular vazifalarimizni bajarishda aql bovar qilmas yordamni berishmoqda", — dedi Pioli "Corriere della Sera"ga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272