Kavani 3ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) «Manchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavanini 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Bundan tashqari futbolchi 100 ming funt sterling miqdorida jarima to'laydi.
Urugvaylik futblolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali o'z do'stiga «negrito» deb yozgani uchun irqchilikda ayblandi va shunday jazoga munosib ko'rildi. Klub ham, futbolchi ham ushbu qaror yuzasidan apellyatsiya bermaslikka qaror qildi.
Shu tariqa, Kavani «Aston Villa» (APL), «Manchester Siti» (Liga kubogi) va «Uotford» (Angliya kubogi)ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206