La liga. Basklar derbisida «Sosedad» g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida Bilbao shahrida "Atletik" va "Real Sosedad" jamoalari to'qnash kelishdi.
Bahsning 5-daqiqasidayoq mehmonlar hujumchisi Kristian Portu hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi.
"Real Sosedad" ushbu g'alaba tufayli o'z ochkolarini 29taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi. "Atletik" esa 18 ochko bilan 12-o'rinda qoldi.
Ispaniya chempionati, 16-tur
Atletik – Real Sosedad 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 5 Portu.
Atletik – Unai Simon, Martines, Berchiche, Nunes, Kapa, Vensedor (Sanset, 56), Vesga, Berenger (Unai Lopes, 56; Raul Garsiya, 73), Muniain, Vilyalibre (Kodro, 85), Uilyams (Morsilo, 56).
Real Sosedad – Remiro, Le Norman, Gorosabel (Sanyan, 68), Monreal, Subeldiya, Guridi, Gevara (Subimendi, 46), Portu (Barrenechea, 74), Merino, Oyarsabal (Merkelans, 68), Isak (Villian Joze, 85).
Ogohlantirishlar: Gevara (8), Barrenechea (21), Vensedor (23), Merino (39), Berchiche (55), Nunes (62), Subeldiya (67), Martines (81), Kapa (84).

Bosh sahifaga
271