Quvondiq Ro'ziev kelgusi mavsumda ham “Qo'qon-1912” sharafini himoya qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

So'nggi kunlarda ko'plab ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qo'qon-1912” jamoasining etakchi futbolchilaridan biri, qo'qonlik muxlislarning suyukli futbolchisi Quvondiq Ro'zievning boshqa jamoaga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar ko'paydi.
Bu xabarlarga sabab Quvondiq Ro'ziev hozirgi kunda respublikamizning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri ekanligi hamda unga superliganing ko'plab klublari jiddiy qiziqish bildirganidir.
Quvondiq o'tgan mavsumlarda “Qo'qon-1912” jamoasining almashtirib bo'lmas futbolchilaridan biriga aylandi. So'nggi yillarda futbolchiga respublikamiz hamda xorij jamoalaridan jiddiy takliflar bo'lib turdi. Biroq ko'plab takliflar bo'lishiga qaramasdan Quvondiq Ro'ziev “Qo'qon-1912” jamoasiga sodiqligini isbotlab kelmoqda. Ro'ziev kabi sifatli futbol ko'rsatadigan futbolchini har doim ham respublikamizning grand jamoalari o'z saflarida ko'rishni istaydilar.
“Qo'qon-1912” jamoasi aziz muxlislarga shuni ma'lum qiladiki , jamoamiz Quvondiq Ro'ziev bilan kelgusi mavsumni Qo'qonda o'tkazishi borasida kelishuvga erishdi.

Bosh sahifaga
282