Instat: Superligada eng ko'p kross uzatma bergan 5 o'yinchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Jahonga mashhur “Instat” kompaniyasi tomonidan O'zbekiston Coca Cola Superligasi-2020 yakuniga oid bir qator statistik tahlillar chop etildi.
Unga ko'ra, yakunlangan mavsumda Superliga o'yinlarida krosslar uzatishda Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”) va Farhod Mirahmatov (“Andijon”) 33talik ko'rsatkich bilan peshqadam bo'lishdi.
Jaloliddin Masharipov hamda Farrux Sayfievda 31tadan (ikkalasi “Paxtakor”), “Navbahor”ning tajribali himoyachisi Mirzohid G'ofurovda esa 28ta kross uzatmalar mavjud.
Ta'kidlash joizki, ushbu ro'yxatda Hojiakbar Alijonov bilan birgalikda peshqadamlik qilayotgan mahoratli himoyachi Farhod Mirahmatov yangi mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qiladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282