«Chelsi» rahbariyati Frenk Lempard oldiga talab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

«Chelsi» rahbariyati jamoaning joriy mavsumdagi natijalaridan qoniqish hosil qilmayapti. Mavsum-2020/2021da jamoa Angliya premer-ligasida kuchli to'rtlikka kirmasa, rahbariyat bosh murabbiy Frenk Lempardga chiqish eshiklarini ko'rsatadi. Bu haqda fichajes.com xabar tarqatdi.
«Chelsi» ayni paytda Angliya chempionatining 16-turidan so'ng 26 ochko bilan jadvalda 6-pog'onani egallab turibdi.
So'nggi paytda Britaniya matbuotida Lempardning iste'fosi haqida mish-mishlar yozilmoqda. Uning o'rniga asosiy da'vogar sifatida Tomas Tuxel tilga olinmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282