"Barselona" Koutinoni sotmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3500
"Barselona" o'z yarimhimoyachisi Filippe Koutinoni sotish variantlarni ko'rib chiqayotgani yo'q.
ESPN ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar 26 yoshli braziliyalikning jamoada uzoq qolishiga ishonadilar, ammo uning maydondagi roliga shubha qilmoqdalar.
Uni jamoaga taklif etayotganda, maydon markazida Andreas Inestaning o'rinbosari deb ishonilgan edi.
Koutino yarimhimoyachi Usmon Dembelening jarohatidan so'ng ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'la boshladi. Frantsiyalik futbolchining maydonga qaytishi Koutinoning asosiy tarkibdagi o'rniga xavf solishi mumkin.
Avvvalroq, agar Koutinoning o'yini yaxshilanmasa, yozda sotib yuborilishi mumkinligi xabar qilingan edi.
ESPN nashri, klub rahbariyati Koutinodpan qoniqish hosil qilayotgani va unga imkoniyat berilajagi mumkinligini yozmoqda.
Koutino ushbu mavsumda primeraning 21 o'yinida 4 ta gol urib, 2 ta golga to'p oshirgan.