«Latsio»ning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile klubning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eng yaxshi o'yinchini jamoa muxlislari tanlashdi. Ushbu sovrin uchun Sergey Milinkovich-Savich, Luis Alberto va Franchesko Acherbi ham da'vogarlik qilishgandi.
30 yoshli Immobile joriy mavsumda 17ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi. O'tgan mavsumda u A seriya doirasida 37ta uchrashuvda 36ta gol urib, "Oltin butsa" sovriniga ega chiqqan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231