Rustam Ashurmatov «Kvangju» bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

Janubiy Koreyaning «Kvangju» himoyachisi Rustam Ashurmatov jamoani tark etayotganini ma'lum qildi.
"Ikki yillik ajoyib davr uchun «Kvangju»ga minnatdorchilik bildiraman", — deya yozdi o'zbekistonlik futbolchi Tvitter orqali.
Rustam Ashurmatov «Kvangju» bilan 2018 yil avvalida shartnoma imzolagan edi. Dastlabki mavsumda u jamoa bilan birgalikda Key-2 ligada g'olib chiqib, yuqori divizion yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Yakunlangan mavsumni esa jamoa 6-o'rinda yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239