"Shaxtyor" Jasur Yaxshiboev bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

"Shaxtyor" jamoasi Jasurbek Yaxshiboev klub safini tark etganini ma'lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Ijara muddati yakuniga etgani sababli, jamoamizni Jasurbek Yaxshiboev tark etdi. Forvard "Shaxtyor" safiga 2020 yilning iyul oyida kelib qo'shilgan edi va u bosh sovrinni qo'lga kiritishimiz uchun yordam berdi. Hujumchi klubimiz safida barcha musobaqalarda 15ta o'yin o'tkazib, 9ta gol urdi va 3ta assist qayd etdi", - deb yoziladi xabarda.
Ma'lumot uchun, 23 yoshli futbolchining transfer huquqi "Paxtakor"ga tegishli.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186