Instat: Jaloliddin Masharipov — Superliganing eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278

2020 yil Superliga yakunlari bo'yicha eng yaxshi futbolchilar haqida ma'lumot berishda davom etamiz.
Ushbu ma'lumotlarni taqdim etishda jahonga mashhur "Instat" kompaniyasi tahlillaridan foydalanmoqdamiz. 2020 yil Superliganing eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov bo'lgan. Uning indeksi 314ni tashkil qildi. Keyingi pog'onalardan Dragan Cheran 270, Hojiakbar Alijonov 259, Doston Hamdamov 252 va Anzur Ismoilov 251 ball bilan o'rin olgan. Ya'ni, dastlabki eng yaxshi 5 futbolchi "Paxtakor" a'zolari sanaladi. Eng kuchli 11 futbolchi ro'yxatida Odil Hamrobekov, Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiev, Marko Stanoevich, Egor Krimets va Oybek Bozorov o'rin olgan.
Mavsum mobaynida eng ko'p golli vaziyatlarni Masharipov yaratgan - 41ta. Undan keyin Cheran 34ta, Jasur Hasanov 32ta, Sanjar Qodirqulov 23ta va Oybek Bozorov 22ta shunday imkoniyat sodir etgan. Darvozaga eng ko'p aniq zarbani esa Cheran bergan. Dragan 41 marta to'pni darvozaga aniq tepgan. Igor Sergeev, Nurillo To'xtasinov va Bobur Abduxoilqov 31tadan, Shahzod Ubaydullaev 29 aniq zarbaga ega.
Eng ko'p aniq uzatmani Lutfulla To'raev bergan. U 1846 bor sheriklariga to'pni etkazgan. Odil Hamrobekov mavsum oxirida bir necha o'yinlarni o'tkazib yuborib, o'rtacha miqdorda ikkinchi pog'onaga tushib qoldi. Uning hisobida 1733ta uzatma mavjud. Bir o'yinga o'rtacha miqdor va aniqlik foizi Hamrobekov eng yaxshi natija sohibi bo'lgan. Bu borada keyingi o'rinlarda Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov va Farruh Sayfiev bor.
Hal qiluvchi uzatmalar berishda Masharipov etakchi bo'ldi. 31 marta u shunday ishni amalga oshirdi. Jasur Hasanov 24, Stanislav Andreev 19, Aziz Amonov 16 va Dragan Cheran 15 bor buni uddalagan. Krosslar uzatishda Hojiakbar Alijonov va Farhod Mirahmadov 33talik ko'rsatkich bilan peshqadam bo'lishdi. Masharipov va Sayfievda 31tadan, Mirzohid G'ofurovda 28ta kross uzatmalar mavjud.
Eng ko'p yakkakurash yutgan o'yinchi Lutfulla To'raev bo'ldi. U jami 267 bor buning uddasidan chiqqan. Oybek Rustamov 267, Husniddin Aliqulov 266, Jaloliddin Masharipov 261 va Ibrohimhalil Yo'ldoshev 259 marta kurashlarda g'olib bo'lgan. Himoyaviy kurashlar va havodagi kurashlarni yutishda Husniddin Aliqulov etakchi bo'ldi.
Raqibni aldab o'tishda Masharipov peshqadam - 160 marta Jalol raqiblardan o'tib ketgan. Oybek Bozorov 89, Ibrohimhalil Yo'ldoshev 79, Quvondiq Ro'ziev 71 va Aziz Amonov 70 marta bunga erishgan.

Bosh sahifaga
211