Zidan Ramos va Modrich bilan shartnoma uzaytirilmayotganidan xavotirda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 562

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan shartnomasi yakunlanayotgan futbolchi bilan tezroq yangi shartnoma imzolanishini istamoqda.
«Shartnomasi yakunlanayotgan o'yinchilar? Ular jamoada qolishini istayman. Ular men uchun eng yaxshi futbolchilar. Albatta, bu ishlar tezroq amalga oshirilishini istardim», - dedi Zidan «Elche»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Joriy mavsum so'ngida «Real»ning 3 nafar futbolchisi erkin agentga aylanadi. Ular: Serxio Ramos, Luka Modrich va Lukas Vaskes. Ma'lumotlarga qaraganda, klub hozir ular bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211