Alfonso Devis Kanadaning eng yaxshi sportchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228

«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis Kanadaning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi. Bu haqda Kanada futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
«Bavariya» futbolchisi "Postmedia Male Athlete of the Year 2020" sovrinini qo'lga kiritdi. Devis 2018 yilda ham ushbu sovringa sazovor bo'lgan edi.
Shuningdek, Alfonso sport jurnalistlari yordamida aniqlanadigan yilning eng yaxshi sportchisi sifatida La Marsh sovriniga ega chiqdi.
Devis dekabr oyida Kanadaning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi deya e'lon qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220