Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi sportchilari aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 623

Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi (AIPS) 2020 yilning eng yaxshi sportchilari nomi ma'lum qildi.
Erkaklar sporti toifasida «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski 620 ochko to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi o'rindan Formula-1 chempioni Lyuis Hemilton (546) o'rin olgan bo'lsa, tennischi Rafael Nadal (327) uchinchi pog'onaga loyiq ko'rildi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Lebron Jeyms (basketbol) va Arman Dyuplantis (engil atletika) o'rin oldi.
Ayol sportchilar orasida tennischi Naomi Osaka (526) birinchi bo'ldi. Keyingi o'rinlar engil atletikachi Yulimar Roxas (331) va tennischi Serena Uilyamsga (327) nasib etdi.
So'rovnomada 116 mamlakatning (ular orasida O'zbekiston yo'q) 422 nafar OAV xodimi ishtirok etdi.

Bosh sahifaga
213