Koutino jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino La Liganing 16-tur doirasida «Eybar» (1:1) klubiga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 66-daqiqasida maydonga tushgandi, biroq, 90-daqiqada to'pni raqibiga uzatib berayotganida tizzasidan jarohat oldi. Shundan so'ng Koutino maydonga yiqildi va shifokorlardan yordam so'radi.
Yakunda Koutino maydonni tark etdi va qo'shib berilgan daqiqalarda "Barselona" uning xizmatidan foydalana olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247