APL ikki haftalik tanaffusga chiqishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Angliya premer-ligasi klublari yanvar oyida chempionatni vaqtinchalik to'xtatish masalasini muhokama qilishmoqda. Bunga bir nechta klublarda koronavirus infektsiyasi aniqlanayotgani sabab bo'lmoqda.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, tanaffus ikki hafta davom etishi mumkin. Hozircha ushbu g'oya norasmiy doirasida muhokama qilinmoqda. Ba'zi jamoa vakillari bunday choradan qochib qutulishning imkoni yo'q, deya hisoblashmoqda.
Dastlab «Everton» — «Manchester Siti» o'yini keyinroqqa qoldirilgan bo'lsa, «Tottenxem» — «Fulxem» uchrashuvi taqdiri ham xavf ostida turibdi. Chunki Londonning har ikki klubi safida COVID-19ga chalinganlar aniqlangan.
APL tomonidan o'tkazilgan test natijalariga ko'ra umumiy hisobda 18 odamda infektsiya chiqqan. Bu esa joriy mavsumdagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli Angliya kubogining 3-bosqichi taqvimiga ham o'zgarish kiritilishi mumkin.

Bosh sahifaga
220