Ibrahimovich qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich «Kalyari»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda maydonga tushishi mumkin. Italiya chempionatining 18-turidan o'rin olgan mazkur bahs 18 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Ibrahimovich hozirda jarohatidan tiklanmoqda. «Milan» murabbiylar shtabi Zlatanni maydonga tushirishga shoshilmayapti. Aks holda shvetsiyalik futbolchi jarohatini qaytalab olishi mumkin.
Ibrahimovich joriy mavsumda «rossoneri» safida barcha musobaqalar doirasida 12ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220