Eng qimmat rossiyalik futbolchilar aniqlandi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276

Transfermarkt portali rossiyaning eng qimmat futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Frantsiyaning "Monako" klubi futbolchisi Aleksandr Golovin eng qimmat rossiyalik futbolchi deb topildi. Uning transfer narxi 20 million evro baholandi.
Ikkinchi o'rinda "Atalanta" futbolchisi Aleksey Miranchuk (18 mln evro), uchinchi o'rinni esa TsSKA futbolchisi Mario Fernandes (18 mln evro) egalladi.
Fernandesning ham Miranchuk bilan transfer narxi bir xil, farq shundaki, Miranchuk Fernandesdan besh yosh kichik.
To'rtinchi o'rinni "Krasnodar" darvozaboni Matveey Safonov (15 mln evro), beshinchi o'rinni esa "Lokomotiv" yarim himoyachisi Anton Miranchuk (14 mln evro) band etdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283