"Navbahor" yakuniga etgan mavsumda o'z tarixidagi 1400-golini kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Xabaringiz bor, yakunlangan mavsumda “Navbahor” Coca Cola Superliga – 2020 da raqiblar darvozasiga 24 ta to'p kiritdi.
Shu bilan jamoamizning O'zbekiston milliy chempionatlarida urgan jami gollari 1401 tani tashkil etdi. “Navbahor” 1400-gol marrasini Toshkentning “Paxtakor” va Farg'onaning “Neftchi” klublaridan so'ng, uchinchi bo'lib qayd etdi.
Izoh: 2001 yilgacha milliy chempionatlarimizda texnik g'alabaga erishgan jamoalarga 3 tadan gol yozilgan hamda “Navbahor”ning hisobida shu yilgacha bo'lgan davrda 3 ta texnik g'alaba bor.
Biroq, jamoamizning milliy chempionatlarimizdagi barcha ko'rsatkichlari va ortda qolgan barcha mavsumlarning yakuniy turnir jadvallaridan kelib chiqadigan bo'lsak, “Navbahor”ning hisobida 1401 ta gol mavjud.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Bosh sahifaga
291