Levandovski yana bir sovrinni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski Halqaro sport jurnalistlar assotsiatsiyasi (AIPS) talqini bo'yicha yilning eng yaxshi sportchi deb topildi. Bu haqda AIPS matbuot xizmati xabar bermoqda.
Levandovski so'rovnomada Formula-1 ishtirokchisi Lyuis Xemilton, tennischi Rafael Nadal va «Los-Andjeles Leykers» basketbol klubi a'zosi Lebron Djeymslarni ortda qoldirdi.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, 2020 yilning eng yaxshi ayol sportchisi deb yaponiyalik tennischi Naomi Osaka topildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226