"Arsenal" Villiandan voz kechmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245

Londonning «Arsenal» klubi murabbiylar shtabi Villianning ko'rsatayotgan o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti. Bu haqda 101greatgoals.com portali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «kanonirlar» braziliyalik futbolchining o'rninga boshqa o'yinchi izlashmoqda. Villian esa katta ehtimol bilan transferga qo'yiladi.
Villian «Arsenal» safiga «Chelsi»dan erkin agent sifatida ko'chib o'tgandi. U 2020/2021 yilgi mavsumda 12 ta o'yinda maydonga tushdi va uchta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276