Sulsher: "APLning har bir o'yini Kubok finaliga o'xshaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher 2020 yil yakunlari haqida fikr bildirdi.
– Ha, biz poydevor qo'ya oldik. Bu yildan unumli foydalandim deb o'ylayman. Biz o'rgandik va rivojlandik. Endi biz navbatdagi qadamni tashlamoqchimiz. Ikki haftadan kamroq vaqtdan keyin biz Angliya Liga Kubogi yarim finalida o'ynaymiz, o'sha bahsda g'alaba qozonish uchun barcha narsamiz bor.
Premer-liga – shunday shiddatli turnirki, u erdagi har bir bahs Kubok finaliga o'xshaydi, – dedi Sulsher klub matbuot xizmatiga.
Bugun "Manchester Yunayted" "Vulverxempton" bilan APLning 16-tur doirasida o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243