"MYu" "Atletiko" himoyachisi bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 483

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Atletiko» himoyachisi Kiran Tripper bilan shartnoma imzolamoqchi.
Tomonlar ushbu transferni amalga oshirish uchun dastlabki muzokaralarni olib bordi. Angliya matbuotining yozishicha, ushbu transfer katta ehtimol bilan yanvar oyida amalga oshadi.
Qayd etilishicha, Tripperning o'zi APLga qaytishga qarshi emas. Avvalroq futbolchi «Tottenxem» klubida to'p surgan. Transfermarkt portali angliyalik futbolchining transfer narxini 20 million evro atrofida baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Tripper yaqinda 12 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276