"Barselona" sobiq direktori hakamni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq direktori, yanvar oyida bo'lib o'tadigan klub prezidentligiga o'z nomzodini ilgari surgan Xavi Vilajoana jarimaga tortildi.
"El-Klasiko" doirasida "Real" (1:3) klubiga qarshi o'yinni boshqargan hakamni haqorat qiluvchi so'zlarni o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida post qilib qolgan Vilajoana uchrashuv bosh hakam Xuan Martines Munuerani ijtimoiy tarmoqlar orqali haqorat qilgan.
Musobaqalar o'tkazish boshqarmasi Vilajoanani 1803 evro miqdorida moliyaviy jarima qo'llashga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv bosh hakami Xuan Martines Munuera Kleman Langle Serxio Ramosning libosidan tortib qolgani uchun "Barselona" darvozasiga penalti belgilagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224