«Manchester Siti» Liga Kubogida «MYu»ga qarshi maydonga tushmasa ham texnik mag'lubiyat yozilmaydi.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

Angliyaning «Manchester Siti» klubi koronavirus sababli, Liga Kubogining yarim final o'yinida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushmasa texnik mag'lubiyat yozilmaydi.
Angliya futbol ligasi (EFL) qoidalariga ko'ra, agar o'yinni o'tkazishni imkoni bo'lmasa, u holda tashkilot o'yinni boshqa muddatga qoldiradi.
Eslatib o'tamiz, sentyabr oyda koronavirus sababli «Leyton Orient» Angliya Liga Kubogining 3-turida «Tottenxem»ga qarshi o'yinni o'tkazmagandi. «Orient» tarkibida 17 nafar futbolchi koronavirusga chalingandi. O'shanda "shporlar" 4-turga avtomatik ravishda yo'l olgandi, chunki, musobaqaning ushbu bosqichida o'yinlarni boshqa muddatga qoldirilishi yozilmagan. Turnirning yarim finalida esa o'yinlarni boshqa muddatga ko'chirish imkoniyat esa mavjud.
«Manchester Siti» tarkibida koronavirusga chalinganlar soni ettitaga etdi. APLning 16-tur doirasida kecha bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "shaharliklar"ning «Everton»ga qarshi o'yini bekor qilingandi.

Bosh sahifaga
218