"MYu" Pogbaning transferidan qancha mablag' ishlab olmoqchi ekanligi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Pol Pogba borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchiga – «Yuventus» va «Real» klublari asosiy nomzod sanalishmoqda.
«MYu» Pogbaning transferidan 50 million funt ishlab olish niyatida ekanligini ochiqladi. Bu haqda Eurosport xabar bermoqda. 2016 yili "mankunianliklar" Pogba uchun «Yuventus»ga 89 million evro to'lagandi.
Frantsiyalik futbolchining transferi yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda. Pogbaning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239