"Paxtakor" "Andijon" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Yakuniga etgan mavsumni "Andijon" jamoasida o'tkazgan Doniyor Abdumannopov Toshkentning "Paxtakor" jamoasi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
Aslida andijonlik bo'lgan futbolchi avvaliga "Andijon", so'ngra esa "Bunyodkor" akademiyasida tahsil olgan. Keyinchalik "Bunyodkor" klubi Abdumannopovga "Andijon"ga ijaraga bergandi. Mavsum-2020ning boshida to'laqonli ravishda "Andijon" futbolchisiga aylangan Abdumannopov andijonliklar bilan bir yillik shartnoma imzolagandi.
Yakuniga etgan mavsumning ikinchi davrasida faol o'ynagan Abdumannopov "Andijon" tarkibida bitta gol kiritdi. Ayni paytda uning "Burgutlar" bilan shartnomasi yakunlangan.
Klubdagi manbalarimizning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Doniyorga Toshkentning "Paxtakor" jamoasi faol qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, bungacha aslida Andijonlik bo'lgan Farhod Bekmuratov va Xushnud Avilovlar boshqa jamoalar bilan shartnoma imzolagandi.

Bosh sahifaga
231