Eldor Suyunov "Instat" tahlili bo'yicha Superliganing eng yaxshi darvozaboni!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Futbol tahlillari bilan shug'ullanuvchi "Instat" kompaniyasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida Superliga-2020da Eldor Suyunov eng yaxshi darvozabonga aylandi.
Ushbu kompaniya o'zi tahlil qiladigan ligalarning har bir futbolchisi bo'yicha turli tahlillarni jamlagan holda (20dan ortiq ko'rsatkichlar) ularning yakuniy ballari - indeksini e'lon qiladi. 2020 yilda Superligada o'ynagan darvozabonlar tahlili bo'yicha "Paxtakor" posboni Eldor Suyunov eng yuqori ball to'pladi. Uning indeksi 229ni tashkil qilgan. Undan keyingi natijalar O'tkir Yusupov ("Navbahor", 227), Abduvohid Ne'matov ("Nasaf", 226), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor", 223) va Rahim Davronov ("Mash'al", 217)ga tegishli bo'lgan.
Manba: “Paxtakor” PFK matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238