Zlatan Ibragimovich: Men bayramda 27 bolamga sovg'a ulashaman. Ularning ikkisi Shvetsiyada, qolgani «Milan»da
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibragimovich bayram haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hech qachon bayramda o'zim uchun biror nima so'ramayman. Men Qorboboman. O'zimning 27 bolamga sovg'alar ulashaman: ularning ikkisi Shvetsiyada, qolgan 25 nafari «Milan»da.
Bu yilda ko'rsatgan o'yinimiz bilan jamoani tabriklashimiz mumkin. Biz juda kam o'yinda mag'lub bo'ldik. Bu mening sharofatim bilanmi yoki yo'q, bilmayman. Biroq men haqiqatda jamoa uchun nimadir bera oldim», — deydi Ibragimovich.
Zlatan 2020 yilning yanvarida «Milan» safiga qaytdi. U 2020/21 yilgi mavsum A Seriyada 6 ta o'yin o'tkazib, o'nta gol va bitta golli uzatmaga muallif bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205