Ibrahimovich «Yuventus»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamoasining navbatdagi ikkita uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
"Football Italia" tarqatgan xabarga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi «Benevento» (3 yanvar) va «Yuventus» (6 yanvar)ga qarshi o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.
39 yoshli futbolchi mazkur bahslarda qatnashsa, uning jarohati qaytalanishi mumkin. Klub shundan xavotir olmoqda. Zlatan hozirda to'pig'idan olgan jarohatidan tiklanmoqda. U 22 noyabrdan beri maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202