Transfermarkt narxi eng ko'p oshgan o'zbekistonlik futbolchilar reytingini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 809

O'zbekistonda navbatdagi futbol mavsum yakuniga etganidan so'ng taniqli Transfermarkt portali Superligada ishtirok etgan futbolchilarning yangi narxini e'lon qildi.
Yakunlangan mavsum «Paxtakor» klubi uchun omadli keldi. Jamoa O'zbekiston chempionati va O'zbekiston kubogida g'olib chiqish bilan birgalikda, Osiyo chempionlar ligasida chorak finalgacha etib bordi. Tabiiyki, ushbu jamoa o'yinchilarining narxlari o'sdi.
Paxtakorchilar etakchisi Jaloliddin Masharipov barcha musobaqalar doirasida 10ta gol urib, 23ta golga uzatma berdi. Natijada uning narxi 2 mln. evroga etdi. Ushbu narx bilan Jaloliddin o'zbekistonlik futbolchilar orasida Aziz G'anievdan o'tib ketgan holda 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Bu borada Eldor Shomurodov (6,5 mln. evro) va Otabek Shukurov (2,5 mln. evro) etakchi bo'lib turishibdi.
Shuningdek, «Paxtakor»ning yana 3 nafar futbolchisining narxi oshdi. Doston Hamdamovning narxi 300.000 evroga oshdi va 1,2 mln. evroga etdi. Odiljon Hamrobekovning bahosi 250.000 evroga oshib, bir million evrolik marraga etdi. Hojiakbar Alijonov esa 900.000 evroga baholandi (+200.000).
Darvoqe, Superliga to'purari Dragan Cheranning narxi 100 mingga tushdi va hozirda 750 ming evroga baholandi. Bunga uning 33 yoshga kirgani sabab bo'ldi.
«Nasaf» darvozaboni Abduvohid Ne'matov narxi eng ko'p ko'tarilgan o'zbekistonlik futbolchilardan biri bo'shlgan. Uning narxiga 300 ming evro qo'shildi va 600 mingga etdi. 19 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda eng barqaror o'yin namoyish etgan posbonlardan biri bo'ldi. Qarshiliklar hujumchisi Bobur Abduxoliqov (17ta gol) ham o'sishga erishdi — 900.000 evro (+250 ming evro).



Bosh sahifaga
267