Jaloliddinovning agentlari «Lokomotiv»dan o'yinchining narxiga nisbatan 6,5 baravar ko'p pul olishgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259

O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinovning "Bunyodkor"dan "Lokomotiv"ga transferi tafsilotlari aniq bo'ldi.
«Match TV» tarqatgan xabarga ko'ra, "temiryo'lchilar" mazkur transferni amalga oshirish uchun "Joint Industries Limited Partnership" (Shotlandiya) kompaniyasiga 850.000 evro miqdorida pul to'lab berishgan.
"Loko" futbolchi uchun "Bunyodkor"ga 130.000 evro to'lagan. Shu tariqa, agentlar xizmati uchun to'langan pul o'yinchining narxiga nisbatan 6,5 baravar ko'p bo'lgan.
18 yoshli Jaloliddinov 2020 yilning yozida "Lokomotiv"ga o'tgan edi. U moskvaliklar safida birorta ham o'yinda maydonga tushmasdan, "Tambov"ga ijaraga berib yuborildi. Tambovliklar safida Jasur bitta o'yinda ishtirok etdi. Uning "Loko" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
267