Rasman: Klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga muxlislar kiritiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

FIFA prezidenti Janni Infantino klublar o'rtasidagi jahon chempionati uchrashuvlariga tomoshabinlar kiritilishini aytdi.
Eslatib o'tamiz, turnir 1 fevraldan 11 fevralga qadar Qatarning zamonaviy stadionlarida o'tkaziladi. Unda 6ta qit'aning klublar o'rtasidagi nufuzli musobaqalari g'oliblari hamda mezbon mamlakat jamoasi ishtirok etadi.
«Umid qilaman, yaqin orada musobaqalarda muxlislarning o'yingohlarga kirishiga ruxsat beriladi. Barchasi epidemiologik vaziyatga bog'liq. Fevral oyida bizda Qatarda o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati kutib turibdi. Unda ishqibozlar stadionga qaytishadi», – dedi Infantino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216