«Milan» Donnarummaga yuqori maosh bilan yangi shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318
51
"Milan" darvozaboni Janluidji Donnarumma o'zining klubdagi kelajagi borasida bir qarorga kela olmayapti.
Italiyalik posbonning "rossoneri" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borishmoqda. "Milan" futbolchiga 7 million evro yillik maosh (hozirda uning maoshi — 6 million evro) taklif qildi. Ammo Janluidji rozilik berishga shoshilmayapti.
"Football Italia" tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu taklif Donnarummani "San-Siro"da olib qolish uchun etarli bo'lmasligi mumkin. Chunki darvozabonning agenti Mino Rayola qo'lida Italiyaning ikkita grand klubidan taklif mavjud. Jumladan, posbonga "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirishmoqda.

Bosh sahifaga
223