Pike: "Kasilyas bilan uchrashganim yoqimli bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Jerar Pike Globe Soccer Awardsning "Faoliyatidagi yutuqlari uchun" mukofotini qo'lga kiritganidan keyingi fikrlarini bildirdi.
«Uzoq yillik faoliyatim ortida mana shu erda ekanligimdan faxrlanaman. Umid qilamanki, yana 3-4 yil bemalol o'ynay olaman.
Kasilyas bilan uchrashganim yoqimli bo'ldi. Terma jamoa tarkibida u bilan kiyinish xonasida birga bo'lish baxtiga muyassar bo'ldim, biz Evropa chempionatida g'olib chiqdik (2008 va 2012 yillari) va 2010 yili Jahon Chempionatini yutdik.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» tarkibida Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim. U bilan ham birgalikda sovrinlarni qo'lga kiritganmiz», – dedid Pike.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271