Bunday golni kerak bo'lsa hujumchi ham ura olmaydi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 502

Saudiya Arabistoni chempionatining 10-turida "Al-Nasr" "Damak" jamoasi (2:2) bilan durang o'ynadi.
Uchrashuvning 48-daqiqasida ajoyib vaziyat yuzaga keldi. "Al-Nasr"ning braziliyalik himoyachisi Maykon to'pni boshi bilan o'z darvozaboniga etkazib bermoqchi bo'ldi, biroq, bu paytda darvozabon o'z o'rnini tashlab chiqib ketganligi sababli, vaziyatni nazorat qila olmadi. Natijada Maykon kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qildi va yil avtogoliga "mualliflik" qildi.
Qayd etish kerakki, Maykon avvallari "Portu", "Galatasaray", "San-Paulu", "Kruzeyru" va "Nasonal" jamoalari to'p surgan.

Baribir Akmal Shorahmedovning Janubiy Koreya bilan o'yinda kiritgan avtogolidek chiroyli va muhim gol bo'lmasa kerak :)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270