Ronaldu: "Bo'sh stadionlarda futbol o'ynash menga yoqmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2020 yilning ikkinchi yarmidagi o'yinlar bo'sh stadionlarda o'tkazilganidan norozi bo'ldi.
- To'g'risini aytganda, bo'sh stadionlarda o'ynash juda zerikarli, - dedi Ronaldu Globe Soccer Awards taqdirlash marosimida. - Men barcha protokollarni hurmat qilaman, chunki inson sog'ligi birinchi o'rinda, lekin bu baribin menga yoqmayapti. Men qoidalarga amal qilaman, sababi, futbolchi yaxshi ko'raman. Men oilalar, bolalar, muxlislar uchun o'ynayman, lekin bunday stadionlarda futbol o'ynash oson emas. Menga muxlislarning hayqiriqlari yoqadi, bu menga qo'shimcha motivatsiya beradi. Umid qilamanki, 2021 yili qoidalar o'zgaradi va biz yana to'lib-toshgan stadionlarni ko'ramiz, chunki futbolchi muxlislarsiz - qiziqarli emas", - dedi Ronaldu.

Bosh sahifaga
246