"Liverpul" 67 ta o'yindan beri o'z maydonida yutqazmay kelmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Angliyaning «Liverpul» klubi APLning 15-tur doirasida «Vest Bromvich» (1:1) bilan durang o'ynadi.
«Qizillar» APL doirasida «Enfild»dagi mag'lubiyatsiz seriyasini 67 taga etkazdi.
Angliya chempionatidagi eng uzun bu seriya Londonning «Chelsi» klubiga tegishli bo'lib, "ko'klar" APL doirasida o'z maydonida 86 ta o'yinda imkoniyatni boy bermagan.
«Liverpul» ushbu rekordni yangilashi uchun yana 19 ta o'yinda yutqazmasligi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246