Falkao "Inter"ga o'tadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288

Turkiyaning «Galatasaray» klubi hujumchisi Radamel Falkao jamoani tark etayotganligi haqida Turkiya OAVsi xabar tarqatmoqda.
OAVning yozishicha, Falkao o'ziga yangi jamoa topishga ulgurdi. Kolumbiyalik hujumchi Devid Bekxem jamoasi sanalgan AQShning «Inter Mayami» klubida o'ynaydigan bo'ldi.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, Falkaoni Saudiya Arabistoniga taklif qilishgandi, biroq, tajribali hujumchi faoliyatini MLSda davom ettirishni ma'qul ko'rdi. Ushbu bitim yanvar oyining dastlabki kunlarida rasman e'lon qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234