Skoulz: «Brunu men uchun engn yaxshi futbolchi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoa hujumchisi Brunu Fernandesh haqida fikr bildirdi.
«To'g'risini aytganda, u fenomenal ishlarni amalga oshirmoqda. U kelganidan beri «MYu» «Liverpul»dek ko'p ochko jamg'ardi, lekin mavsumni yomon boshlaganini hisobga olganda bu ajablanarli.
Brununing statistikasi shunchaki aqlbovar qilmas darajada. Kelinglar, uni mana shunday ruhda davom ettirishigi umid qilamiz.
U men uchun yaxshi futbolchi. U men bilan farq qiladi. U menga qaraganda ko'p gol kiritadi, ko'proq vaziyatlarni yaratadi. U bilan birga o'ynashni xohlardim, u ajoyib futbolchi.
Uning kelgunicha «MYu» vaziyat yaratishga qiyinchilikka duch kelayotgandi, lekin endi shunday tuyg'u borki, "MYu" har bir o'yinda 3, 4 va 5 ta ham gol kiritishi mumkin», – dedi Skoulz.

Bosh sahifaga
210