Ro'ziqul Berdiev — to'rt karra O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Xabaringiz bor, kecha Toshkent shahridagi "Zarafshon" kontsert zalida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham O'zbekiston Professional futbol ligasining yil yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Yil yakuniga bag'ishlangan kechada Abduvohid Ne'matovning «yilning eng yaxshi yosh futbolchisi», «Nasaf» esa «muxlislar mehri»ni qozongan jamoa sifatida e'tirof etildi.
Tailandda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida muxlislar mehrini qozongan klubimizning yana bir iqtidorli vakili Oybek Bozorov O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun hozirgi kunda Italiya chempionatida to'p surayotgan Eldor Shomurodov va «Paxtakor» a'zosi Jaloliddin Masharipovlar bilan raqobat olib bordi.
Marko Stanoevichning Superliga doirasida AGMK jamoasi darvozasiga urgan goli ham Superliganing eng chiroyli gollari uchligidan joy oldi.
Jamoa hujumchisi Bobir Abdixoliqov esa to'p urarlar bahsida Dragan Cherandan so'ng 17 gol bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
Superliga 2020 yil ramziy terma jamoasidan uch nafar futbolchimiz Bobir Abdixoliqov, Marko Stanoevich, Abduvohid Ne'matovlar o'rin egallashdi.
Va nihoyat Ro'ziqul Berdiev O'zbekistonning 2020 yildagi enga yaxshi murabbiyi deb topildi. Ro'ziqul Sagdullaevich bu sovrinni o'z faoliyati davomida to'rtinchi marotaba qo'lga kiritdi (2013, 2016, 2017, 2020) va bu borda ham O'zbekistonning afsonaviy murabbiyi Yuriy Sarkisyandan so'ng ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Yuriy Vazgenovich besh marotaba ushbu sovrinni qo'lga kiritgan.
Qarshiliklar «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida to'rt karra bronza (2013, 2014, 2015, 2016), ikki marotaba kumush (2017, 2020), O'zbekiston Kubogi (2015), O'zbekiston Super kubogi (2016) kabi sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Bosh sahifaga
234