"Yuventus" yangi hujumchini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

Italiyaning "Napoli" klubi hujumchisi Fernando Lorente faoliyatini "Yuventus" klubida davom ettirishi mumkin. Ushbu bitim yanvar oyida amalga oshishi mumkinligi haqida Tuttomercatoweb xabar tarqatmoqda.
Nashrning yozishiga qaraganda, turinliklar ispaniyalik futbolchi uchun asosiy nomzod bo'lib turishibdi. Avvalroq ushbu hujumchi "Sampdoriya" klubiga ijara asosida o'tayotganligi haqida xabar tarqatilgan edi.
35 yoshli Lorente "Yuventus" tarkibida 2013 yildan 2015 yilgacha o'ynagan. U joriy mavsum atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235