Yangi mavsumda “Navbahor”ni kim boshqarishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

Yakunlangan mavsumda Andrey Kanchelskisdan “Navbahor”ni qabul qilib olgan qo'qonlik mutaxassis klub bilan yangi shartnoma imzoladi.
No''mon Hasanovga murabbiylar shtabida serbiyalik mutaxassis Drazen Dukich yordam beradi. Shuningdek, yurtimizning taniqli mutaxassisi Viktor Romanovich Jalilov jamoamizga maslahatchi murabbiy etib tayinlandi.
“Navbahor”ning murabbiylar shtabidan Sherzod Jo'raev, Denis Toymentsov va darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov ham o'rin olishdi.
Biz yangi murabbiylar shtabiga 2021 yilgi mavsumda omad yor bo'lishini tilaymiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235