«Barselona» Koutino masalasini haligacha hal etolmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

Kataloniyaliklar Filippe Koutinoni allaqachon transferga qo'yganidan xabaringiz bor.
Futbolchi katta ehtimol bu erda so'nggi oyini o'tkazmoqda. Hozirda klubga moliyaviy ta'minot juda zarur va buning ustiga rahbariyat braziliyalik yulduzning o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti.
Lekin yuzaga kelgan muammo shundaki Koutinoga haligacha da'vogar klub chiqmayapti. Hozirgi ijrochi direktor Karles Tuskets esa futbolchini prezidentlik saylovlarigacha sotib yuborishiga ko'zi etyapti. Agar bunday bo'lmasa, Koutino klub bilan shartnomani darhol bekor qilib erkin agentga ham aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274