«Arsenal» etakchilari O'zilning tarkibga qaytarilishini istashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

«Arsenal» futbolchilari yarim himoyachi Mesut O'zil borasida ikki guruhga bo'linishdi.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, jamoa etakchilari germaniyalik futbolchining tarkibga qaytarilishini xohlashmoqda. Chunki O'zil mashg'ulotda yaxshi taassurot qoldirgan. Ular Mesutning safga qaytishi jamoa natijalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, deb hisoblashmoqda.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasi va Evropa ligasining joriy mavsumida ro'yxatdan chiqarib yuborilgan edi. U yanvar oyida qaydnomadan o'tkazilishi mumkin.
O'zilning "Arsenal" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. 1 yanvar sanasidan u boshqa jamoalar bilan muzokara boshlashi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266