Davron Fayzievdan anons: Angliyada portugalcha bahs
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

APL uchun 1 hafta bu katta muddat. Aynan shuncha vaqt "Tottenxem"ning 1-o'rindan 7-pog'onaga tushib ketishi uchun etarli bo'ldi. Mourino g'azabda.
Raqobatchilar uning yangi formulasini echib qo'yishdi. Keyn va Son o'rtasiga devor tortishdi. Keyn 10 ta assistidan 8 tasini Songa uzatganini bilib qolishdi. Joze tushunishi kerak, bitta ixtironing kuchi bilan endi mavsum qahramoniga aylanib bo'lmaydi. Har oy yangilik kiritgan murabbiylargina uzoqqa borayapti. Bugun "Tottenxem" yutqazsa, 2012 yildan beri birinchi bor APLning qatorasiga uchta o'yinida yutqazgan bo'ladi.
Mourino baxtiga uning hamyurtlaridan iborat jamoa bo'lmish "Vulverxempton" ham yorug' ko'cha topolmay qolgan. O'yindagi inqiroz + liderning jarohati. "Bo'rilar" esa etakchisiz oldinga yurolmaydi. So'nggi 4 uchrashuvning 3 tasini "Vulvs" yutqazdi. Patrisiu 7 o'yindan beri darvozasidan gol olib chiqadi. Angliya futbolidagi portugallar shiddati so'ngandek.
Ortga chekina olmaydiganlar jangini tomosha qilishni xohlasangiz 00:15 da sizni Futbol kanalida kutaman.
Davron Fayziev.

Bosh sahifaga
401