Fati, Grinvud, Torres. 2020 yilda terma jamoa safida debyut qilgan eng qimmat futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 576

Transfermarkt portali 2020 yilda terma jamoa safida ilk o'yinini o'tkazgan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Ro'yxatni «Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ansumane Fati boshqarib bormoqda. 18 yoshli futbolchining transfer qiymati 80 million evroga teng.
Kuchli uchlikdan Fil Foden (60 mln evro) va Dayo Upamekano (60 mln evro) kabi futbolchilar o'rin olgan.
2020 yilda xalqaro maydonda debyut qilgan eng qimmat futbolchilar top-10 ligi
1. Ansu Fati («Barselona», Ispaniya) — 80 million evro
2. Fil Foden («Manchester Siti», Angliya) — 60 mln evro
3. Dayo Upamekano («Leyptsig», Frantsiya) — 60 mln evro
4. Eduardo Kamavinga («Renn», Frantsiya) — 50 mln evro
5. Meyson Grinvud («Manchester Yunayted», Angliya) — 50 mln evro
6. Ferran Torres («Manchester Siti», Ispaniya) — 50 mln evro
7. Ussem Auar («Lion», Frantsiya) — 50 mln evro
8. Jek Grilish («Aston Villa», Angliya) — 50 mln evro
9. Alessandro Bastoni («Inter», Italiya) — 45 mln evro
10. Dominik Kelvert-Lyuin («Everton», Angliya) — 45 mln evro.

Bosh sahifaga
411