Ronalduning dam olish uchun Dubayga yo'l olgani italiyaliklarga yoqmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 677

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus pandemiyasi va jiddiy cheklovlarga qaramay, qishki ta'tilda dam olish uchun Dubayga yo'l oldi.
"La Gazzetta dello Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati portugaliyalik futbolchiga Italiyani tark etish uchun ruxsat berdi. Shundan so'ng yana bir necha futbolchilar shunday istakni bildirishdi. Ronaldu boshchiligidagi o'yinchilar Italiyaga qaytishganidan so'ng karantin muddatini o'tashlari kerak bo'ladi.
Turinliklarning bunday qarori Italiyada bahs va munozaralarni keltirib chiqardi. Koronavirus pandemiyasi tufayli odamlar qiyinchiliklarga duch kelayotgan paytda futbolchilar dam olish uchun xorijga jo'nab ketayotgani italiyaliklarga yoqmadi.
Eslatib o'tamiz, Ronealdu oktyabr oyida koronavirusga chalinishi oqibatida 3 hafta maydondan tashqarida qolgan edi.

Bosh sahifaga
266