Brunu Fernandesh Ronalduning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

26 dekabr kuni Angliya premer-ligasining 15-turidan o'rin olgan «Lester» va «Manchester Yunayted» jamoalari o'rtasidagi o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi.
Mazkur o'yinda mankunianliklar yarim himoyachisi Fernandesh bitta gol va bitta uzatma muallifiga aylandi. Mazkur gol Brunu uchun APLning joriy mavsumidagi 10-gol bo'ldi. Shu tariqa, yarim himoyachi Krishtianu Ronaldu (mavsum-2008/09, 18 gol)dan so'ng APLning bir mavsumida kamida 10ta gol urgan dastlabki portugaliyalik futbolchiga aylandi.
Fernandesh «MYu»da debyut qilganidan buyon jamoasi gollarining yarmidan ko'prog'ida ishtirok etdi (60ta goldan 31tasida): u 18ta gol urib, 13 marta assistent vazifasini bajardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281